SERTIFIKATSIYLASH BO'LIMI

Bo'limning tashkil topishidan maqsad - mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar sport inshootiga ega bo'lgan barcha tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish, sport inshootlarning qurilishida va ulardan foydalanishda inshoot egalariga amaliy va uslubiy yordam ko'rsatishdan iborat.

Bugungi kunda Markaz mutaxassislari tomonidan sport inshootlarni pasportlashtirish hamda toifa va tiplarga sinflash orqali ularni jahon standartlariga keltirish bo’yicha zarur me’yoriy-metodik hujjatlar ishlab chiqilib, o’rnatilgan tartibda tasdiqlandi.

Sport inshootlarni pasportlashtirish

Jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport inshootlarni pasportlashtirish orqali ularga faoliyat oshirish uchun ruxsatnomani berish O’zbekiston Respublikasi "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida"gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risidagi” qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 5 apreldagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi to’g’risidagi Nizomi”, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 225-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2006 yil 6 mart 1550-son bilan davlat ro’yxatidan o’tgan "O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport inshootlari to’g’risidagi Nizomi" asosida amalga oshiriladi.

 

Sport inshootlarini pasportlashdan asosiy maqsad – bu ulardan foydalanayotgan aholi, shu jumladan bolalar va yoshlar sog’lig’iga jiddiy shikast etkazilishini oldini olish va jarohatlardan saqlash, jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritayotgan va xizmat ko’rsatayotgan, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar barcha tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish hamda respublikada faoliyat yuritayotgan sport ob’ektlarning inventarizatsiyadan o’tkazish.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 225-sonli qaroriga muvofiq respublika hududida jismoniy-sog’lomlashtirish yoki sport inshootlarida xizmat ko’rsatish uchun inshoot egalari sport inshooti Pasportini olishlari shart.

 

Ma'lumot uchun telefon -   244-14-72, 244-38-05

 

Pasportlashtirish  bo'yicha hujjatlar:

1. O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport inshootlari to'g'risidagi NIZOM (matn rus tilida keltirilgan) PDF formatida
ko'chib olish
1.1. Sport inshootlarining umumiy ta`rifi ( 1 - ilova) PDF formatida
ko'chib olish
1.2. Sport inshootlarining turkumlanishi (klassifikatsiyasi), sxemasi va tuzilmasi (2 va 3 ilovalar) PDF formatida
ko'chib olish
1.3. Sport inshooti pasporti (4 - ilova) PDF formatida
ko'chib olish
1.4. Sport inshootlarining sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan ta`minlash tabeli Markazga
murojaat qiling
2. Sport inshootlari toifalari bo`yicha to`lov haqi stavkasi PDF formatida
ko'chib olish

 

Pasport namunasi:

pasport 1