Me'yoriy-huquqiy hujjatlar

Markaz faoliyatining asosiy yo’nalishi soha bo’yicha me’yoriy aktlar va huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, markazimiz "Jismoniy tarbiya va sport" standartlash bo'yicha Texnik qo'mitasi bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi va Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 20 fevraldagi №26-sonli 2008-2012 yillar davrida ishlab chiqarish quvvatlarini modеrnizatsiya qilish asosida sifatli sport anjomlari, invеntarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishni kеngaytirish Dasturi to'g'risida"gi Qarorini bajarish bo’yicha sport snaryadlarini, jihozlarini va uskunalarini standartlash bo’yicha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqadi.

Hozirgi kungacha markaz mutaxassislari quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqdilar va o’rnatilgan tartibda tasdiqdan o’tkazdilar:

“Sport inshootlariga pasport va sertifikatlarni rasmiylashtirish va berish Tartibi” (O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari Vazirining 2005 yil 22.11.dagi №1071-son Buyrug’i bilan tasdiqlangan.)

“Sport inshootlarini toifalash bo’yicha Yo’riqnoma” (O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari Vazirining 2005 yil 22.11.dagi №1071-son Buyrug’i bilan tasdiqlangan.)

“Sport va jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish inshootlari uchun namunaviy shtatlar jadvali” (O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari Vazirining 2005 yil 11.12.dagi №1106-son Buyrug’i bilan tasdiqlangan.) 

“O’zbekiston Respublikasi sport va jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish inshootlari to'g'risidagi Nizom” (O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari Vazirining 2006 yil 10.02.dagi №84-son Buyrug’i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2007 yil 20.03.da № 1550-1 raqam bilan ro'yxatga olingan.)

“O’zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi qoshidagi bolalar sportini rivojlantirish Jamg’armasi sport inshootlari uchun namunaviy shtat jadvali” (O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari Vazirining 2008 yil 11.03.dagi №282-son Buyrug’i bilan tasdiqlangan.) 

Sport inshootlaridan foydalanganlik uchun haq belgilashda sport inshootlari egalariga yordam maqsadida tayyorlangan 
“Sport inshootlaridan foydalanganlik uchun ijara haqi stavkalarini hisoblash uslublari haqidagi Nizom” tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishish jarayonida.

Bulardan tashqari, mutaxassislarimiz Respublikamizda ilk bor ISO, DIN, EAN va boshqa xalqaro standartlarga muvofiq keladigan 40dan oshiq nomdagi sport snaryadlari, jihozlari va uskunalarini standartlash bo’yicha me’yoriy hujjatlarni tayyorladilar va ”O’zSTANDART” agentligida tasdiqdan o’tkazdilar, shu jumladan quyidagilar:

Me’yoriy hujjat nomi
1. O’z DSt 1144:2008 «Tikilgan koptoklar»
2. O’z DSt 1145:2008 «Boks qo’lqopi, panjasi va bosh sovuti»
3. O’z DSt 1146:2008 «Sport to’rlari»
4. O’z DSt 1147:2008 «Gimnastika tayog’i»
5. O’z DSt 1148:2008 «Gimnastika xodasi»
6. O’z DSt 1149:2008 «Gimnastika o’tirg’ichi»
7. O’z DSt 1150:2008 «Yengil atletika to’sig’i»
8. O’z DSt 1151:2008 «Tennis stoli»
9 O’z DSt 1152:2008 «Gimnastika halqasi»
10. O’z DSt 1153:2008 «Gimnastika ko’prikchasi»
11. O’z DSt 1154:2008 «Gimnastika qo’shyog’ochi»
12. O’z DSt 1155:2008 «Gimnastika xarilari va otlari»
13. O’z DSt 1156:2008 «Start tiranmalari»
14. O’z DSt 1158:2008 «Otish nayzalari»
15. O’z DSt 1159:2008 «Itqitish yadrolari»
16. O’z DSt 1160:2008 «Uloqtirish gurzilari»
17. O’z DSt 1161:2008 «Armresling uchun stol»
18. O’z DSt 1164:2008 «Osilish va tortish uchun arqonlar»
19. O’z DSt 1163:2008 «Uloqtirish disklari»
20. O’z DSt 1162:2008 «Basketbol shitlari»
21. TS 43.05-002:2008 «Badminton uchun metal raketkalar»
22. TS 43.05-001:2008 «Shaxmat va shashka uchun jihozlar»

 

BIZNING NASHRLAR:

1. «Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar to’plami 1-son. Sport va jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish inshootlari”

book1

To’plamda sport va jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish inshootlariga tegishli qo’nuniy va me’yoriy-huquqiy bazalar ilk bor to’liq holda berilgan.
To’plam sport va jismoniy tarbiya sohasidagi rahbarlar, mutaxassislar, ilmiy xodimlar uchun, shuningdek, shu sohani boshqaruvchi davlat idoralari uchun, sport va jismoniy tarbiyani rivojlantiruvchi har-hil tashkilotlar uchun, hamda, bu sohada O’zbekiston Respublikasi qonunlari bajarilishini nazorat qiluvchi idoralar uchun mo’ljallangan.

To’plamning qisqacha mundarijasi:

I- BO’LIM. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGI;
II- BO’LIM. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI QARORLARI;
III- BO’LIM. ME’YORIY – HUQUQIY BAZA;
O’zbekiston Respublikasi sport va jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish inshootlari haqidagi Nizom;
Sport inshootlariga pasport va sertifikatlarni rasmiylashtirish va berish Tartibi;
Sport inshootlarini toifalash bo’yicha Yo’riqnoma;
Sport va jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish inshootlari uchun namunaviy shtatlar jadvali.

 

tabel2. “Sport va jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish inshootlarini asbob-uskunalar bilan jihozlash tabeli (uskunalar, jihozlar va boshqa texnologik vositalarning minimal zaruriy miqdori, ularni ishlatish muddati)” (O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari Vazirining 2006 yil 28.02.dagi №184-son Buyrug’i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2007 yil 20.03.da № 1550-1 raqam bilan ro'yxatga olingan).

Nashrlarni sotib olish uchun quyidagi telefonlarga murojaat qiling: (998 71) 244-30-82, 244-34-44.