"BELDERSOY" SPORT BAZASI

Beldersoy maskanida, tog'lar yon-bag'rida bizning shunday nomdagi sport bazamiz joylashgan. Bu yerda Siz qishda tog'-chang'i sporti bilan shug'illanishingiz, va yilning barcha mavsumlarida yaxshi hordiq chiqarishingiz mumkin. Tepaga tog' cho'qqilariga chiqish Siz uchun oson bo'lishi uchun baza arqonli-o'rindiqli yo’l bilan jihozlangan (2,4 km).

U Toshkentning shimoliy-sharqida 80 km uzoqlikda, avtomobil o’rtacha tezlikda yurishida 1,5 – 2 soatlik yo’lda, juda ham maftunkor maskanda joylashgan oromgohdir. Chang’i uchish trassasi yaqinginada joylashgan. Manzarali tog’ yon bag’rlarini qor noyabr oyidan aprelgacha bezab turadi. Bekorga ham Beldersoy xalqaro toifadagi chang’i uchish markazi hisoblanmaydi.

 

mount1

Bu yerda sayyohlar nafaqat chang’i va qortaxtalarda uchishlari, balki yil davomida iliq quyosh nurlaridan bahra olishlari mumkin (yilda 300 kundan ortiq). Chimyon tog’larini haligacha ochilmagan sir asrorlaridan biri bu – bir necha metrlik qor qatlamli joylarda havo harorati +18 gradusgacha chiqishi mumkin!

Lekin Beldersoy nafaqat qish faslida, balki yilning istalgan vaqtida ham juda qiziqarli va maftunkordir. Toza tog’ havosi, iliq qish, uncha issiq bo’lmagan yoz va go’zal manzaralar Chimyon tog’larini ajoyib dam olish va sayyohlik joylariga aylantirgan.


Sayohatni xush ko’radiganlar uchun bu yerda Chotqol, Pskem, Ko’ksu vodiylariga va arxeologik yodgorliklarga turli sayrlar tashkil etilgan. Sayyohlar, aytaylik 2 haftalarga kelgan, kichik tayyorgarlik va iqlimga moslashishdan so’ng, malakali yo’lboshlovchi boshchiligida Chimyonning yuqori qoyalarini zabt etishlari mumkin. Har bir malakali yoki yangi alpinist o’ziga mos hajmdagi yurishni tanlash imkoniyatiga ega. Chunki bu erda 20 tadan ko’p 1 dan 4 gacha qiyinlikdagi toifalar bo’yicha yonalishlar mavjud. Bu yerda sizga 10ta tog’ perevali orqali 110 km lik sayr yoki 86 km lik Chimyon atrofi bo’yicha yo’nalishni taklif qilishlari mumkin.

beldersay4Beldersoy nafaqat qishda, balki yilning hamma faslida o’ziga hos go’zaldir. O’simlik dunyosi juda boy: 500 dan ortiq daraxt va o’t o’lanlar turi mavjud bo’lib, bahor kelganda tog’larga o’zgacha husn baxsh etadi.

Sport bazada ko'rsatilayotgan xizmatlar

Bir marotaba ko'tarilish uchun:

Osma arqon yo'lida (OAYO)*: 15 000 so'm; 12 yoshgacha bolalar uchun - 10 000 so'm

* OAYO ishga tushurish uchun eng kam yo'lovchilar soni - 10 kishi

Tortuvchi arqon yo'lida - 5 000 so'm;

Kichik tortuvchi arqon yo'lida - 2 000 so'm.