• Русский
  • Узбекский

Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi, 30-uy

Sport pasporti

Sport pasportini yuritishdan asosiy maqsad, respublikada faoliyat yuritayotgan barcha sportchilarni sportdagi faoliyati, tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonlari, sport turlari bo’yicha terma jamoadagi ishtiroki, musobaqalarda qatnashishi va natijalari hamda sport tashkilotiga mansubligini qayd etish.

Sport pasportini yuritish orqali respublikadagi barcha sportchilar to‘g‘risida yagona elektron baza yaratiladi, natijada sportchilarni saralash (seleksiya) ishlari markazlashgan holda tizimli amalga oshirilishiga erishish orqali milliy terma jamoaga sifatli sport zahirasi bilan ta’minlashga ko’maklashiladi hamda sport turlari bo’yicha trenerlarning faoliyati doimiy monitoring qilinadi.

Sport pasportini berish va yagona elektron ma’lumotlar bazasini yuritish O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasi hamda Sport pasporti to’g’risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2017 yil 22 noyabr 2949-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) muvofiq amalga oshiriladi.

SPORT PASPORTI TO’G’RISIDAGI NIZOM

Pasport namunasi

Sport pasporti resize

Sport pasportini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro’yxati:

1. Sport pasportini berish to’g’risidagi ariza;
2. To’ldirilgan sportchining ma’lumotnoma-anketa shakl bo’yicha;
3. Fuqarolik Pasport nusxasi (tug’ilganlik haqidagi guvohnoma);
4. 3 x 4 o’lchamdagi oq fondagi 2 ta rangli fotosurat.

Sportchi ma’lumotnomasi anketa.pdf